Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Okt, 2006

Ulug’bek hamda Zulhumor "Bugun"…

Ulug'bek RahmatullaevUmidli xonanda Ulug’bek Rahmatullaev taniqli aktrisa, dublyaj sohasi qirolichasi Zulhumor Mo’minova bilan duet ijro etganligidan xabaringiz bo’lsa kerak. Balki ba’zilar bu taronani allaqachon tinglab ulgurgandir.Xullas, mana shu ikki ijodkor birgalikda kuylagan «Bugun» deb nomlangan taronaga klip tasvirga tushirildi. Klip rejissori Mirmaqsud Oxunov, operator Rustam Murodov. Klipda qo’shiq dunyoga kelishi ko’rsatib berilgan. Tez kunda ushbu klipni aynan bizning portaldan ko’chirib olishingiz mumkin bo’ladi, albatta prem’era tarzida! Shuningdek, Ulug’bek Rahmatullaevning yangi albomi tayyor bo’ldi. Albom «Sevma» deb nomlanadi. Bu albom tarkibidan hali muxlislar eshitmagan yangi taronalar ham o’rin oladi. Albom keyingi oydan sotuvga chiqadi. Bundan tashqari albomdan o’rin oladigan yangi qo’shiqlardan biriga klip suratga olinadi. Qo’shiq nomi «Tushungin meni». Klip haqida batafsil keyinroq ma’lumot beramiz. Xonandaning yangi fotosuratlarini portalimizning «Fotogallereya» sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *