Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Iyul, 2012

Ulug'bek gastrolda, ammo uni topsa bo'ladi!

Ulug'bek RahmatullaevO'zbek shou-biznesining bugungi kundagi yorqin namoyondasi, ajoyib hit qo'shiqlar muallifi Ulug'bek Rahmatullaev ramazon oyida ham tinim bilayotgani yo'q. Aslida, ramazon oyida xonandalar ta'tilga chiqishadi. Ulug'bek esa gastrol safarlaridan ortayotgani yo'q. Konsertga tashrif buyurayotgan muxlislar soni esa qisqartirilishga majbur bo'lmoqda.

Chunki, konsert tashkilotchilari mo'maygina daromaddan ko'ra, tomoshabinlar havfsizligini yuqori qo'yishmoqda. Bu holat albatta tahsinga loyiq! Ulug'bek Rahmatullaev yurtimizning barcha viloyatlari stadionlarini to'ldirish bilan ovora bo'lgan bir paytda, uni izlayotganlar ancha qiyinchiliklarga duch kelishayotgani ham hech kimga sir emas. Zero, Ulug'bekning administratorining telefon raqami ham MTS kompaniyasiga mansub edi. Hozirda Ulug'bek Rahmatullaevni (+99898) 3076606 telefon raqamidan topishingiz mumkin.
Ulug'bek Rahmatullaev konsertlar berishdan charchamayapti, aksincha o'z quvonchini yashira olmayapti. Zero, bu kunlarni sevimli xonandamiz ancha kutgan edi. Hozirda Rahmatullaev gastroldan tashqari ijodni ham unutayotgani yo'q, avval xabar berganimiz «Omadim kelmadi» taronasiga klip tasvirga tushirilib bo'ldi. Klip rejissori Sanjar Matkarimov mazkur klipda Ulug'bek o'z aktyorlik mahoratini 100% namoyish etganligini ta'kidlamoqda. Demak, muxlislar uchun yana bir ajoyib sovg'a tez orada tayyor bo'ladi!

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev

Ulug'bek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 102 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *