Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 May, 2009

«U yona o’yna, bu yona o’yna» hamda Sankt-Peterburgga safar…

Sardor RahimxonBugun estradamizning iste’dodli hamda xalqimizning sevimli san’atkori Sardor Rahimxon, Guliston shahri Markaziy o’yingohida »Umid nihollari 2009″ sport o’yinlarining ochilish marosimida «Arazingiz» taronasi bilan ishtirok etdi. Undan tashqari «U yona o’yna, bu yona o’yna» deb nomlangan yangi qo’shiq yaratdi…

Sardorning yangi taronasi Iqbol Muhammadjonov musiqasi asosida yozildi. Hozirda Sardor Rahimxon, «Jayron» yoki «U yona o’yna, bu yona o’yna» taronalarining qay biriga klip suratga olishni o’ylamoqda. Har ikkala qo’shiq to’laligicha tayyor bo’lishini kutmoqda. Klipni rejissor Rustam Murodov suratga olishi rejalashtirilgan. Undan tashqari, iyun oyining o’rtalarida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga jo’nab ketadi. U yerda Rossiyaning mega yulduzi Dmitriy Malikov tomonidan yaratilgan «Ti dlya menya» (Sen men uchun) taronasi uchun maxsus klip suratga oladi. Sardor Rahimxon so’zining ohirida jumladan shunday dedi: «Bilasizmi, boshqa estradamiz vakillari bilan bir qatorda davlat e’tiboriga molik bo’lgan «Umid nihollari» sport musobaqalarining ochilish marosimida ishtirok etayotganimdan bag’oyatda hursandman. Shu jumladan, ushbu sport musobaqalarida ishtirok etayotgan barcha sportchilarga omad yor bo’lishini tilayman»,-deb so’zini yakunladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *