Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Sen, 2012

U.Rahmatullaev: «2ta ruscha tarona va konsert!»

Ulug'bek Rahmatullaev15 sentyabr kuni «O'zbegim taronasi» radiosi tomonidan uyushtirilgan konsert dasturida Ulug'bek Rahmatullaev ham ko'p yulduzlar qatorida «Oltin disk» bilan taqdirlandi. Ulug'bekning «Jonim» taronasi mazkur radio tomonidan ajoyib hit taronalar qatoriga kiritilib, «Oltin disk»ka loyiq topilgani Rahmatullaev quvonchiga sabab bo'ldi.

Ulug'bek Rahmatullaev ham kuz mavsumida o'z yakkaxon konsert dasturini taqdim etishga hozirlik ko'rmoqda. «Layloyimsan» deb nomlangan yangi konsert dasturining aniq kunlari va konsertga oid ma'lumotlar bilan keyinroq o'rtoqlashamiz. Hozirgi kunda Ulug'bek mazkur konsert dasturi uchun juda ko'plab g'oyalar va qo'shiqlar ustida ish olib borayotganini ma'lum qilishimiz mumkin. Shuningdek, Ulug'bek Rahmatullaev o'zining internet olamidagi 2 millionga yaqin rusiy zabon muxlislari uchun «Jonim» va «Omadim kelmadi» taronalarini rus tilida ham kuyladi. Bu qo'shiqlar tez orada xonandaning rasmiy saytidan o'rin olishi kutilmoqda. Sevimli yulduzimizning ta'kidlashicha u o'z muxlislari uchun juda katta sovg'a hozirlab qo'ygan emish. Biroq, bu qanday sovg'a ekanligini sir saqlamoqda.

Ulug'bek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 90 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *