«Tun»ning klipi ham tayyor!
Shu kunlarda muxlislar qalbiga kirib borayotgan yosh xonandalarimizdan biri Farzodning «Tun» qo'shig'iga klip suratga olish ishlari yakuniga yetdi. Mazkur taronaga ishlangan klipni siz tez kunlarda «TV Markaz» telekanali orqali ko'rishingiz mumkin. «Tun»ning klip rejissori esa Sarvar.
Farzod endigi harakatlarini navbatdagi taronasiga bag'ishlab yuborgan. Navbatdagi tarona ham «Navro'z» bayrami arafasida muxlislar hukmiga havola qilinish arafasida turibdi. Qo'shiq nomi esa «Bu sohillar».