Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Avg, 2006

Tramvay yo’lidagi falokat!?

MirjamolYangilik olish maqsadida yosh, sho’x va to’palonchi xonanda Mirjamolga qo’ng’iroq qilganimizda xonanda yangilik o’rniga qiziqarli bir  voqeani aytib berdi:- Kuni kecha bir zarur ish chiqib qoldi. Ustiga ustak mashinam ham betob bo’lib qoldi… (kulib) huddi menga o’xshab. Ancha bo’lgan edi shahar transportiga chiqmaganimga. O’zimga-o’zim, kel bir ko’cha transportida yuraychi dedimda, bir amallab surishtira-surishtira manzilimga boradigan tramvayni aniqladim. Bekatga yugurib o’tmoqchi edim bir mahal yo’l chetidagi simga oyog’im ilinib qolsa bo’ladimi? Bo’y barobar yiqildim. Ana shundan keyin bo’lgan tomoshani ko’ring… Yana bir voqea. Bayram arafasi DAN hodimlari haydovchilarga indamaydi deb katta tezlikda shoh ko’chada yurib kelayotgan edim… Hato o’ylagan ekanman… Shartta oldimdan chiqib hujjatimni olib qo’yishdi… Ozgina tortishuvdan so’ng qaytarib oldim. Sizlarga maslahatim yo’lda ehtiyot bo’lib yuring! Ana shunaqa gaplar Mirjamol sho’xlik qilib orttirgan g’alva. Nima bo’lganda ham uni xushchaqchaqlik aslo tark etmasin. Ha aytgancha, xonanda bizga shuni ma’lum qilishimizni aytdiki u sentyabr oylarida yangi taronasini taqdim etar ekan. Muxlislariga va’da bergan Mirjamol haqiqiy o’z kasbini ustasi ya’ni qo’g'irchoq aktyori bo’lishini aytdi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *