Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Mart, 2007

Tohir Sodiqovdan yangi albom…

Tohir SodiqovTohir Sodiqovni tanimaydigan inson O’zbekistonda topilmasa kerak. Zero, uning barcha kuylagan qo’shiqlari HIT darajasiga ko’tarilmay qolmaydi. Uni bugun mega-yulduz deb atashadi. Xo’sh, bizning mega-yulduzimiz hozirda nimalar bilan band??? Nima uchun u kamnamo bo’lib qoldi? Ushbu savollarga javob topish maqsadida biz Tohir Sodiqov bilan bog’landik va quyidagi javobni eshitdik.

Tohir Sodiqov: «Hozirgi kunda yangi qo’shiqlar ustida ish olib bormoqdaman. Yaqindagina «Leyla», «Tungi kapalak» singari qo’shiqlarimni chiqardim. Lekin, qolgan yangi taronalarimni hozircha keng omma hukmiga taqdim etmoqchi emasman. Muxlislarimga shuni aytib o’tishim mumkinki, tez kunlarda ularga yangi albomimni taqdim etaman. Albom nomi hozirchalik sir. Undan 6 ta yangi tarona joy oladi». Demak, tez orada Tohir Sodiqovdan ajoyib taronalar va yangi albomni kutib qolamiz…

Jahongir (JET) tayyorladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *