Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 Yan, 2009

Tohir Sodiqov va Yura Shatunov «Istiqlol» saroyida!

Tohir Sodiqov va Yura ShatunovBu yil afsonaviy «Bolalar» guruhi tashkil etilganiga 20 yil to’ladi. Bu «Bolalar» guruhi tashkil etilganda dunyoga kelgan yigit va qizlar hozirda 20 yoshni qarshiladi, degani. Bunday uzoq muddat davomida katta sahnada o’z mavqeini ushlab turgan holda ijod qilish hammaga ham nasib etavermaydi. 20 yillik ijodiy izlanishlar sarhisobini bugun chiqarish fursati yetdi…

21-22 fevral kunlari soat 19:00da «Istiqlol» san’at saroyida «Bolalar» guruhining 20 yilligiga bag’ishlangan, 90 yillarning afsonalari bo’lmish Tohir Sodiqov hamda Yura Shatunovning konsert dasturi bo’lib o’tadi. Mazkur konsert dasturini orziqib kutayotgan muxlislar juda ham ko’p. Bizning portal esa mana shu konsert dasturiga oid eng so’nggi yangiliklarni sizning e’tiboringizga tortiq etishga qaror qilgan. Endilikda barchasini bizning portaldan bilib olishingiz mumkin. Konsert dasturi uchun Tohir Sodiqov hozirda «Oyijon» taronasining ruscha talqinini tayyorlamoqda. Ishonamizki, bu tarona ham sizga manzur bo’ladi.

Tohir Sodiqov va Yura Shatunov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 126 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *