«Tilim qursin 2» dublyajda!!!
Iste’dodli kinorejissor Jahongir Ahmedov o’zining «Tilim qursin» nomli kinokartinasining 2-qismini suratga olayotganligi haqida siz azizlarga xabar bergan edik. Mana bugun mazkur film dublyaj jarayonida. Demak, tez kunda «Tilim qursin 2″ katta ekran yuzini ko’radi.
Mazkur kinokomediya juda ham qiziqarli voqelikni o’z ichiga oladi. Bu filmni tomosha qilishga tashrif buyurar ekansiz, o’zingiz bilan dastro’mol olib oling! Nega, deysizmi? Ahir kulgudan ko’zingizga yosh ham keladi. Ko’z yoshlarni artib turish kerakku. Xullas, mazza qilib kulishga tayyor bo’lib keling. Film kulishga arzidigan darajada chiqmoqda!!! Siz azizlarga dublyaj jarayonidan bir qator fotosuratlarni taqdim etmoqdamiz. Marhamat, tomosha qiling!!!