Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tez kunda Ulug’bekning konsert disklari chiqadi!
19 Noy, 2014

Tez kunda Ulug’bekning konsert disklari chiqadi!

Ulug'bek Rahmatullaev 2014 konsertAyni kunlarda Ulug’bek Rahmatullaevning 2014-yilgi konsert dasturining montaj ishlari amalga oshirilmoqda. «Glow Star Professional» studiyasi tomonidan suratga olingan mazkur konsert dasturi DVD disklarini sotuvga chiqishini orziqib kutayotgan muxlislar soni ko’pchilik tashkil qilishi shubhasiz.

Ulug’bek Rahmatullaevning muxlislariga xushxabarlarimiz serob. Nasib qilsa, juda ham oz qoldi konsert dasturi DVD disklari sotuvga chiqishiga. Shunday ekan, yangiliklarimizni kuzatib boring. Yana bir ma’lumot: Ulug’bek Rahmatullaevning millionlab odamlar tomosha qilayotgan kliplari soni 3taga yetdi. Kuni kecha Youtube saytiga joylangan Ulug’bek Rahmatullaevning «Jonim» taronasiga suratga olingan klip ham tomosha qilishlar soni milliondan oshdi. Bu bilan biz Ulug’bekni muborakbod etishimiz mumkin. Navbatdagi yangilik esa yangi tarona prem’erasi bilan bog’liq. Ulug’bek Rahmatullaevning mazkur yildagi konsert dasturida «Bojalar» guruhi bilan ijro etgan «Yorimey» taronasini 25 noyabr kuni qarshi olishingiz mumkin. Barcha FM radiolarida va albatta bizning portalda ham!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 414 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *