Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Tez kunda Shuhrat Vohidovdan «Sensiz»!!!
8 Noy, 2016

Tez kunda Shuhrat Vohidovdan «Sensiz»!!!

Shuhrat Vohidov - SensizO’zbek estradasi xonandasi, iste’dodli ijodkor Shuhrat Vohidov bir muddat o’zining yangi ijod namunalari bilan muxlislarni xushnud etmay qo’ygan edi. Ana endi mana shu holatga yakun yasash uchun xonanda ijodga jiddiy bel bog’lagan. Uning ilk namunasi o’laroq, yangi qo’shig’i va unga ishlangan klipini tez orada taqdim etish niyatida.

Shuhrat Vohidov hozirda o’zining yangi «Sensiz» nomli taronasiga suratga olingan klipini keng ommaga taqdim etish arafasida turibdi. Ushbu qo’shiq Musaxon Nurmatov musiqasi, Botir Ergashev so’zi bilan kuylangan. Unga suratga olingan klip rejissori esa Avaz G’ofurov hisoblanadi. Bu klipmeyker bilan Shuhrat Vohidov juda ko’p bora birgalikda ishlagan. Shu sababdan ham xonanda hech ikkilanmay navbatdagi klipini suratga olish kabi vazifani yana ishonib topshirdi. Portalimizni kuzatishda davom eting va siz azizlar mazkur klipni saytimiz orqali ko’chirib olish imkoniyatiga ega bo’lasiz!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *