Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tez kunda Shahzodadan yangi klip!
5 Iyul, 2014

Tez kunda Shahzodadan yangi klip!

Shahzoda - ShunchakiMaftunkor va betakror ovoz sohibasi Shahzoda ijodidan o’rin olgan «Shunchaki» nomli taronani ilk bor uning yakkaxon konsert dasturiga tashrif buyurgan muxlislar tinglab, bahramand bo’lishgan edi. Mana bugungi kunda mazkur tarona uchun maxsus klip ham suratga tushirilmoqda.

Sevgi-muhabbat mavzusida kuylangan «Shunchaki» taronasi uchun shunga mos ravishda klip suratga tushirildi. 3 kun davom etgan suratga olish ishlari Toshkent shahri va viloyatida bo’lib o’tdi. Klip rejissori Akrom Shohnazarovni siz «Yurak yig’lar» filmi orqali yaxshi taniysiz. Klipga operatorlik vazifasini Behzod Po’latov bajardi.
Videoklipning ssenariysiga ko’ra klipda bugungi kun yoshlarining hayoti aks etadi. Klip chuqur falsafiy ma’noga ega bo’lib, unda tarbiyaviy ahamiyatga ham e’tibor qaratilgan. Klipning trek qismi elektrpoezdda suratga olindi. Klipdan bir qator fotosuratlar sizning e’tiboringizga quyida keltirilmoqda. Marhamat, tomosha qiling va baho bering!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 621 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *