Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tez kunda Rahimxondan «Tanhoginam» dramasi!
2 Sen, 2013

Tez kunda Rahimxondan «Tanhoginam» dramasi!

Sardor Rahimxon - TanhoginamO’zbek shou-biznesi olamida mutlaqo yangi uslubdagi klip tez orada sizning e’tiboringizga tortiq etiladi. Sardor Rahimxon o’zining «Tanhoginam» nomli hit taronasiga katta byudjetli, jahon urushi voqealarini o’z ichiga olgan drama janridagi klip suratga tushirtirmoqda. Tez orada ushbu klipni qarshi olasiz!

«Tanhoginam» taronasi ayni damlarda radio to’lqinlar orqali juda ham ko’p jarang sochmoqda va ushbu tarona klipi chiqquniga qadar hit taronaga aylanib ham ulgurdi. Ana endi hit taronaga ishlanayotgan yuqori saviyali klipni kutib qolamiz. Rejissor Muhammad Ali Iskandarov tomonidan suratga tushirilayotgan ushbu drama janridagi klipga tayyorgarlik ishlari 2 oy davom etgani alohida e’tiborga molik. Klipda 150dan ziyod aktyorlarning ishtiroki ham klipni qay darajada ekanligini aytib turibdi. 3 kun davom etgan suratga olish ishlarida o’tmishga bir nazar solgan holda, urush davrlarini namoyon etadi. Klipda Asal Shodieva hamda debyutant aktyor Feruz asosiy rollarni talqin etishgan. Darvoqe, qo’shiq mualliflari bilan ham tanishtirib o’tsak, matn muallifi Nodir Azimov, musiqa muallifi esa Sarvar va Komil hisoblanadi. Quyida siz azizlarga klipdan bir qator fotolavhalarni tortiq etmoqdamiz. Marhamat, ularni tomosha qilib, baho bering!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 191 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *