Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tez kunda Odil To’laganovdan yangi klip…
7 Yan, 2013

Tez kunda Odil To’laganovdan yangi klip…

Iste’dodli xonandalardan biri Odil To’laganov ijodidan anchadan buyon xabar bermayotgan edik. Mana bugun yana uning ijodi haqida to’xtalib o’tish vaqti keldi. Zero, ayni kunlarda Odil To’laganov o’zining yangi klipi tayyor bo’lishini sabrsizlik bilan kutmoqda. Qanday klip deysizmi? Siz va bizni e’tiborimizni torta oladigan klip!

«Fazo» guruhi yakkaxoni sifatida bizga juda ham yaxshi tanish bo’lgan Abdushukur Odil To’laganovning yangi qo’shig’i matni va musiqasi muallifi hisoblanadi. Ko’pincha biz Abdushukur tayyorlagan qo’shiqlarni sho’x ohangda bo’lishiga o’rganib qolganmiz. Bu safar ham odatdan cheklanmagan ijodkor Odil To’laganov uchun «Ishonmaysan» nomli sho’x qo’shiq tayyorlab berdi. Qo’shiq yozib tayyor bo’lgach esa unga klip ham tasvirga olish ishlari bo’lib o’tdi. Yaqindagina suratga olingan klip jarayonidan eksklyuziv fotosuratlar esa bugun bizning portalimiz orqali sizlarga namoyish etiladi. Darvoqe, «Ishonmaysan» taronasiga taniqli klip ustasi Jasur Shametov klip tasvirga tushirmoqda. Demak, albatta yuqori sifatli klipni tez orada tomosha qilamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 2 343 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *