Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tez kunda Loladan bahoriy klip…
1 Apr, 2014

Tez kunda Loladan bahoriy klip…

LolaO’zbek estradasining maftunkor yulduzlaridan biri Lola yangi taronalaridan birini keng ommaga rasmiy ravishda prem’era qilishga taraddud ko’rmoqda. Lolaning yangi «Kel» nomli albomidan o’rin olayotgan «Jonim ayt» taronasi payshanba kuni rasmiy ravishda «O’zbegim taronasi» radiosida prem’era qilinadi.

Kim Lolaning bu yilgi yakkaxon konsert dasturiga tashrif buyurgan bo’lsa, bu taronani yodga olishi shubhasiz. Zero, mazkur qo’shiq ilk bor aynan mana shu konsert dasturida jarang sochgan edi. Bugungi kunga kelib esa Lola ushbu qo’shig’i uchun klip suratga tushirtirmoqda. Nigina Nabieva so’zi, Jasur Abdurahmonov musiqasi bilan ijro etilgan «Jonim ayt» taronasi uchun suratga olinayotgan klip rejissori Yodgor Nosirov hisoblanadi. Bahoriy va quvnoq ko’rinishda suratga olinayotgan mazkur klip Lolaning barcha muxlislarini ham quvontirishi, ham hayratga solishi kutilmoqda. Klipga oid batafsil ma’lumotlar bilan keyinroq yana to’xtalib o’tishga harakat qilamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 753 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *