Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tez kunda Ilhom Farmonovdan «Yolg’iz ayol»ga klip!
6 Yan, 2015

Tez kunda Ilhom Farmonovdan «Yolg’iz ayol»ga klip!

Ilhom Farmonov 2014 konsertO’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Ilhom Farmonov 2015-yilda o’zining bir qator yangi ijod namunalarini va kliplarini keng ommaga taqdim etishga qaror qilgan. Bugun portalimiz orqali siz azizlarga Ilhom Farmonovning so’nggi yangiliklaridan boxabar etamiz.

Ayni kunlarda Ilhom Farmonov o’zining yangi taronalaridan biri bo’lgan «Yolg’iz ayol» qo’shig’iga voqeaviy klip suratga tushirish borasida bosh qotirmoqda. Klip «Qizil shapkacha» taronasiga klip suratga olgan rejissorlar tomonidan tasvirga tushirilishi rejalashtirilgan. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, Sanjar Matkarimov «Yolg’iz ayol» taronasiga klip suratga tushirishi mo’ljallangan. Ishonamizki, mazkur klip ham a’lo darajada chiqadi. Eslatib o’tamiz, «Yolg’iz ayol» taronasi Iqbol Muhammad musiqasi, Gulnoza Nurillo qizi so’zi bilan kuylangan. Shuningdek, Ilhom Farmonov ayni kunlarda yana bir yangi tarona ustida ish olib bormoqda. Navbatdagi qo’shiq tanovar yo’lida ijro etiladi, biroq qo’shiq nomi hozircha aniq emas. Biroq, ijodkorlarni nomlarini aytib o’tishimiz mumkin: Oral Eshdavlatov musiqasi, Rislig’oy Xotamova so’zi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 213 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *