Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Tez kunda Farruh Raimovdan «Shaftoli» klipi…
2 Okt, 2016

Tez kunda Farruh Raimovdan «Shaftoli» klipi…

Farruh Raimov - ShaftoliO’zbek estradasida ijodiy faoliyatini olib borayotgan yosh xonanda Farruh Raimov o’zining yangi «Shaftoli» taronasiga kuni kecha klip suratga tushirdi. Farruh Raimovning ushbu taronasiga suratga olingan klipga Sherzod Umarov rejissorlik qildi.

Voqeaviy ko’rinishda tasvirga tushirilgan mazkur klipda Farruh Raimov, Madina Fayzieva, Dilbar Ikromova, Hamda Sobirov, Maftuna Usmaxanova kabi bir qator ijodkorlar rol ijro etishdi. Farruh Raimovning prodyuseri Jahongir Xalikovning ta’kidlashicha tez kunlarda taqdim etilishi rejalashtirilgan mazkur klip o’zining yumorga boy lavhalari bilan e’tiboringizni o’ziga jalb qilishi tahmin qilinmoqda. Darvoqe, «Shaftoli» taronasi matn va musiqa muallifi Hamdam Sobirov hisoblanadi. Aranjirovka muallifi esa Timur Rahmonov.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 9 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *