Tez kunda Botir Yaminovdan yangi tarona «Gulim»!!!
O’zining «Bevafo yor», «Yodimdasan hamon», «Ilk muhabbat» nomli qo’shiqlari bilan barchamizga tanish bo’lgan iste’dodli xonanda Botir Yaminov ijodidan yana bir yangi tarona tez kunda keng ommaga taqdim etiladi. Bu tarona «Gulim» deb nomlandi.
Biroq, «Gulim» taronasi taqdim etilguniga qadar «Yodimdasan hamon» taronasining akustik yo’nalishdagi talqinini ham qarshi olishingiz mumkin bo’ladi. Demak, Botir Yaminovdan bir emas, ikki tarona tez orada muxlislar e’tiboriga tortiq etilishi kutilmoqda. «Gulim» taronasi musiqa g’oyasi yosh ijodkor Sherali Fayzullaevga tegishli, aranjirovka muallifi Ahmad Xojimatov. Qo’shiqda Muhammad Yusuf yozgan she’ridan foydalanilgan. Qo’shiqqa klip ham suratga tushirish rejalashtirilgan. Demak, yaqin orada Botir Yaminovdan yana bir yangi klipni qarshi olishimiz mumkin bo’ladi.