Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tez kunda Abduvalidan «Shikasta» va «Sen uchun»!
29 Avg, 2013

Tez kunda Abduvalidan «Shikasta» va «Sen uchun»!

PhotoMania Abduvali RajabovTaniqli xonandalarimizdan biri Abduvali Rajabov o’z muxlislarini yana quvontirish arafasida. Bir vaqtning o’zida ikkita qo’shiq yaratib, ikkalasidan biriga klip suratga oldirishga harakat qilayotgan xonandadan muxlislari quvonmasdan iloji yoq.

Tabiiyki, mazkur taronalar haqidagi ma’lumotlar barchani birdek qiziqtiradi. Charxiy so’zi va Jasur Javharnazarov musiqasi bilan kuylangan qo’shiqning nomi «Shikasta» bo’lsa, keyingi taronaning nomi «Sen uchun» deb nomlanadi. «Sen uchun»ning so’zi va musiqasi Alisher Tayrga tegishli. Aranjirovkasi Jasur Badalboev tomonidan mohirona tarzda bajarilgan. Xonandaning esa hozirda bu ikki taronaning qaysi biriga klip suratga olishga boshi qotgan. Bu masalaning javobi ustida ajoyib klipmeyker Yodgor Nosirov ham bosh qotirmoqda. Ko’ramiz, qaysi qo’shiqqa birinchi bo’lib klip olinar ekan. Xullas xonandaning muxlislari Abduvali Rajabovdan tez orada ikkita taronani qarshi oladilar va shu ikki taronaning biriga olingan klipdan bahramand bolishadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 303 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *