Tavallud kuning muborak, Sharof!!!
Bugun, 11 aprel, Sharof Muqimov tavallud topgan kun. O’zbek estradasining ajoyib xonandasi, «Nihol» mukofoti sovrindori Sharof Muqimov aynan mana shu sanada tavallud topgan. Portalimizning yaqin do’stlaridan biri bo’lmish Sharof Muqimovni biz ijodiy jamoamiz va xonandaning muxlislari nomidan tabriklab qolamiz.
Unga eng ezgu tilaklarni tilab, ijodiy parvozlar, sog’lik-salomatlik, oilaviy baxt hamisha yor bo’lishini istab qolamiz. Ajoyib hit qo’shiqlar yozib, muxlislar ko’nglidan joy olib boraversin. SB.uz portali va Sharof Muqimovning ashaddiy muxlislari nomidan iste’dodli xonandani chin dildan yana bir bor muborakbod etib qolamiz.