Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Apr, 2008

Tavallud ayyoming bilan Kaniza!

KanizaBugun o’zbek estrada san’atining yorqin namoyondalaridan biri hisoblangan, shuningdek chiroyli husn va iste’dodga ega bo’lgan xonanda Kaniza o’zining tavallud ayyomini munosib nishonladi…

Kaniza o’zining tug’ilgan kunini poytaxtimizda joylashgan «Tumor» kafesida do’stlari, bir qator estrada xonandalari hamda yaqin qarindoshlari davrasida o’tkazdi. Estrada xonandalaridan Nigina Nabieva, Xojimurod Bekjonov, Otabek Mutalxo’jaev, Firdavs va Dilnoza tashrif buyurdi. Davrani esa, «A’lo FM» radiosi bosh muharriri Olimxo’ja Azimov qoyilmaqom tarzda olib bordi. Bayram shodiyonasi tashrif buyurgan xonandalarning kuyu-qo’shiqlariga ulanib ketdi. Shu bugun Kaniza ham vaqtdan unumli foydalanib, o’zining rus tilida kuylagan yangi taronasining prem’erasini ham o’tkazishga ulgurdi. Bayram kechasida Olimxo’ja Azimov ajoyib tanlov uyushtirdi. Tanlovga ko’ra taklif etilgan estrada xonandalari Kaniza ijro etgan biror-bir taronasidan kuylab berishlari kerak edi. Lekin bu ishni ular qoyilmaqom tarzda bajara olmadilar. Lekin bundan Kanizaning kayfiyati o’zgargani yo’q. Bu kun Kaniza o’zgacha qiyofada hamda kayfiyatda bo’ldi desak aslo adashmaymiz. Shu fursatdan foydalanib SB.uz portali ijodiy jamoasi Kanizaning tug’ilgan kuni bilan muborakbod etadi va uning kelgusi ijodlarida ulkan zafarlar yor bo’lishini chin dildan tilab qoladi. Endi esa, Kanizaning tug’ilgan kunida tushirilgan fotosuratlarni taqdim etamiz…

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *