Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Yan, 2007

"Tarona taqdimoti"ga jiddiy tayyorgarlik!

Tarona records«Tarona records» kompaniyasi so’nggi paytlarda anchagina jimjitlik ostida qolishgan edi. Ammo, ularning doimiy odatlaridan biri bo’lmish »ijodiy portlash» tez orada yana kutilmoqda…Mana 8 yildirki shou-biznes yetakchilaridan va asoschilaridan biri bo’lgan «Tarona records» kompaniyasi «Tarona» mukofotini haqiqiy ijodkorlarga taqdim etib kelmoqda. Bu yil ham odatga ko’ra ushbu marosim so’zsiz bo’lib o’tadi. Ayni kunlarda taqdimot marosimiga «Tarona records» ijodiy guruhi jiddiy hozirlik ko’rmoqda. Bugungi kunda turli xil shou konsert dasturlari ko’plab uyushtirilayotganligi hech kimga sir emas. Biroq, «Tarona taqdimoti» baribir o’zgacha bo’lishi lozim. Buni esa albatta o’z ishini ustalari uddalashiga ishonamiz! Bunday qiyin va ma’suliyatli ish oldidan kompaniya ijodkorlariga omad tilab qolamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *