Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Apr, 2006

"Tarona taqdimoti 2006"da kimlar g’olib bo’ladi?

Tarona taqdimoti 2006Ha, bu savol hozirda barchani birdek qiziqtirmoqda. Ammo, savolga javob topish esa juda qiyin. Yurtimizning nufuzli mukofotlaridan biri hisoblanadigan «Tarona» mukofotiga nomzodi qoyilgan har bir ijodkor shubhasiz bu sovrinni qo’lga kiritishga haqli. Lekin, mukofot chegaralangan, ya’ni 12 ta sovrin! Qiziq, ertaga bu sovrinni kim o’zi bilan uyiga olib ketar ekan? Agarda siz «Tarona taqdimoti 2006″ konsert dasturiga tushish imkoniyatiga ega bo’lmasangiz, soat 23:30da bizning saytimizga tashrif buyuring. Shunda siz mukofot sovrindorlari bilan eng birinchi bizning portaldan bilib olasiz. Hozircha esa siz Shou-biznes olami saytining tahminlariga ko’ra, g’oliblarning tahminiy ro’yhati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.Yilning eng yaxshi bastakor — Ravil Gimazutdinov
Yilning eng yaxshi aranjirovkachisi — Pavel Uporov
Yilning eng yaxshi qo’shiqchi shoiri — Bobur Umarov
Yilning eng yaxshi guruhi milliy estrada musiqasi yo’nalishida — «Sarbon» guruhi
Yilning eng yaxshi guruhi zamonaviy estrada musiqasi yo’nalishida — «Bojalar» guruhi
Yil yangiligi — Sogdiana
Eng yaxshi sahna qiyofasi — Rayhon
Yilning eng yaxshi klip ustasi — Rayhon «Yodingdami?…», Jasur Shametov
Yilning eng yaxshi ayol qo’shiqchisi — Feruza Jumaniyozova
Yilning eng yaxshi erkak qo’shiqchisi — Davron Ergashev
Yilning eng yaxshi musiqiy albomi — Shohruh «Balandda»
Yil qo’shig’i — Sardor Rahimxon «Ishonmasman»

Yuqoridagi natijalar faqatgina Shou-biznes olami saytining tahmini bo’yicha ekanligini alohida ta’kidlab o’tishimiz lozim. Ertaga kim g’olib chiqishi esa hozircha noma’lum. Demak, ertaga Shou-biznes olami saytini diqqat bilan kuzating va g’oliblar bilan eng birinchi tanishib chiqing!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 108 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *