«Tarona Records» xonandasining yangi klipi!
Estradamizning yorqin yulduzlaridan biri Nilufar Usmonova ayni kunlarda tinimsiz harakatda. Xonanda ijodida keskin o'zgarish qilib, o'zining navbatdagi yangi «Sen yetim emassan» deb nomlangan taronasi ustida ish olib bordi. «Tarona Records» kompaniyasi a'zosi yaqindagina mazkur qo'shiqqa klip suratga tushirib bo'ldi.
«Sen yetim emassan» taronasining klipi g'oyasini va rejissorlik ishini «9999″ studiyasi o'z zimmasiga olgan. Taronaning musiqa muallifi Shuhrat Zokirov bo'lib, matn muallifi esa Tohir Muhammad hisoblanadi. E'tiboringizga «Sen yetim emassan»ning klipidan ayrim lavhalarni havola qilamiz. Yaqin kunlarda klipni ham ko'chirib olishingiz mumkin bo'ladi.