Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Mart, 2007

"Tarona records" kompaniyasiga 10 yil!!!

Taronaga 10 yil«Tarona records» kompaniyasiga 10 yil to’lishi munosabati bilan 13-14 aprel kunlari soat 19:00da «Xalqlar Do’stligi» saroyida katta gala-konsert bo’lib o’tadi. Bu konsertda barcha estrada yulduzlari ishtirok etishi kutilmoqda…

Mana shu munosabat bilan estradamiz yulduzlari kuni kecha «O’zbegim taronasi» radiosida «Tarona records»ga bag’ishlangan tabrik so’zlarini yozishdi. Barcha yulduzlarni bir joyga yig’ilishi haqida xabar topib biz ham «O’zbegim taronasi» radiosiga oshiqdik. Deyarli barcha yulduzlar o’sha yerda jamul-jam edilar.

Shahzoda: Men bevosita shu kompaniyada ishlaganligim uchun emas, balki bu kompaniyani juda ham hurmat qilganim uchun astoydil ular uchun hursandman. Mening hayotimda yuqori o’rin tutadigan «Tarona records» kompaniyasini va ijodiy guruhini chin dildan TABRIKLAYMAN!

Shahriyor: «Tarona records» men uchun juda ham qadrli. Meni shou-biznes olamiga olib kirib, shu darajada mashhur bo’lishimga asosiy sababchidir. Omad hamisha yor bo’lsin!

Davron Ergashev: Nima ham deyishimiz mumkin, 10 yil bu oz-muncha vaqt emas. Shou-biznes olami yetakchilari hisoblanmish «Tarona»ga zafarlar tilab qolaman.

Taronaga 10 yil

Taronaga 10 yil

Taronaga 10 yil

Taronaga 10 yil

Taronaga 10 yil

Taronaga 10 yil


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 72 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *