Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Sen, 2008

«Taqdimot» dasturi mehmoni Muzaffar!

TaqdimotSB.uz portali hamda FM 88,4 MHz «Navro’z» radiosi hamkorligida har yakshanba efirga uzatilib kelayotgan «Taqdimot» dasturi radiotinglovchilar orasida anchayin mashhur hisoblanadi. Ushbu dastur orqali o’zbek shou-biznesi vakillari mehmon bo’lib, o’zlari yaratgan yangi ijod namunalarining taqdimotini o’tkazishadi. 7 sentyabr yakshanba kuni, iste’dodli xonanda Muzaffar Abduazimov mehmon bo’ladi…Dastur har doimgidek 14:00dan 15:00gacha FM 88,4 MHz to’lqini orqali efirga uzatiladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, Muzaffar Abduazimov yangi «Qanday» deb nomlangan taronasining ilk namoyishini o’tkazadi. Agarda sizda Muzaffar uchun savollaringiz bo’lsa, dastur boshlovchisi Sadafning elektron manzili (sadaf@sb.uz) ga yo’llashingiz mumkin. Javobni esa, dastur davomida qo’lga kiritasiz!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *