Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Okt, 2006

Taqdimot a’lo darajada o’tdi!!!

ShahriyorYaqindagina Shahriyorning «Seni ko’rdim» deb nomlangan ilk albomi taqdimoti o’z nihoyasiga yetdi. Taqdimot juda ham ajoyib tarzda o’tdi. Hatto, taqdimotga Shohruh ham tashrif buyurdi…

Rep yo’nalishida qisqa fursat ichida o’z imijiga, o’z mavqeiga, qolaversa o’z muxlislariga ega bo’lgan Shahriyor uchun bu kech juda ham ma’suliyatli va hayajonli kecha bo’ldi. Uni qutlash uchun esa albatta yaqin san’atkor do’stlari, Shou-biznes yulduzlari, albom yaralishida katta hissa qo’shgan ijodkorlar, OAV xodimlari va albatta www.Shou-bizneS.uz portali ijodiy guruhi ham tashrif buyurdi. Hammani e’tiborini o’ziga tortgani esa menimcha Shohruhning tashrifi bo’ldi. Zero, ko’pchilik Shohruh va Shahriyorni bir-biriga raqobatchi deb biladi. Lekin, bugungi kechada Shohruh va Shahriyor hammaning ko’z o’ngida do’stona munosabatda ekanliklarini ko’rsatishdi.
Kechaga shuningdek, Davron Ergashev, Samandar, Yasmina, Sardor Rahimxon, Shahzoda, Shahnoz, «A’lo» guruhi, «Radius 21″ guruhi, «Setora» guruhi, Aziz Rametov, Mirjamol va boshqa estradamiz yulduzlari tashrif buyurishdi.
Shahriyorning «Seni ko’rdim» deb nomlangan ilk albomidan «Seni ko’rdim», «Ismi yuragimda», «Uzilgan aloqa», «Do’stmisan», «Birinchi sevgi», «Mazza-bemazza», «O joniman», «Sen qaytgin», «Coco Channel», «Cry baby» hamda »Vatan» kabi qo’shiqlari o’rin olgan. Qolaversa bonus tariqasida «Seni ko’rdim», «Do’stmisan», hamda Shahzoda bilan ijro etgan «Birinchi sevgi» taronalariga ishlangan kliplar ham joylangan.
Har bir tashrif buyurgan e’zozli mehmonlar uchun disk ko’rinishidagi albom hamda Shahriyor ismi tushirilgan futbolkalari taqdim etildi.

Shahriyor

Shahriyor

Shahriyor

Shahriyor

Shahriyor

Shahriyor

Shahriyor

Shahriyor

Shahriyor

Ertaga barcha fotosuratlarni ko’rishingiz mumkin…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 105 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *