Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Yan, 2011

Tanishingiz yangi nom: Farzod!

FarzodO'zbek estradasi ijodkorlarining safi kun sayin, doimiy ravishda kengayishda davom etmoqda. Har bir ijodkor borki, bu olamga qadam bosgach o'zidan biror bir yaxshi ijod namunasini qoldirishga harakat qiladi. Shular qatoriga yosh ijodkor Farzodni ham qo'shishimiz mumkin.

Farzod 13 yoshidan boshlab raqs san'ati bilan shug'ullanib keladi. 20 yoshga kirganda turli klip va reklama roliklarida o'z aktyorlik mahoratini namoyon etgan holda chiqish qilib kelayotgan edi. Albatta bu orada turli kompaniyalar «yuzi» sifatida ham o'z faoliyatini yuritganini alohida aytib o'tish o'rinli. Aslida 7 yoshidan boshlab vokal bilan shug'ullangan bu yosh xonanda endi-endi o'zini xonandalik bobida sinab ko'rish vaqti yetdi, degan xulosaga kelib, ilk taronalarini muxlislar hukmiga havola etishni boshladi. Darvoqe, u yoshligida bir qator tanlovlar g'olibi bo'lgani ham e'tiborga loyiq.

2010 yildan xonandalik ijodiga jiddiy kirishgan Farzod hozirda «Tun» deb nomlangan taronasini «A'lo FM» radiokanali orqali taqdim etmoqda. Mazkur qo'shiq «Aziya» studiyasida yozilgan bo'lib, uning matn muallifi Yakzon, aranjirovka muallifi esa Tim hisoblanadi. «Tun» taronasidan avval ijro etgan «Bu kecha» qo'shig'ini esa hozircha taqdim etmagan.

Ha aytgancha, Farzodning fotosuratini ko'rishni istovchilar bizning portalni kuzatishda davom etsinlar. Shundagina, birinchilar qatorida uning fotosuratlari bilan tanishish imkoniga ega bo'lasiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *