Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Avg, 2009

Tanishing: yosh iste’dod egasi Daler!

DalerDaler… Aslida shou-biznes olamiga kirib kelganiga bir qancha vaqt bo’lgan bo’lsada, internet tarmog’ida yangi nom. Ushbu kichik ijodkorning ijodiy izlanishlari va namunalari endilikda sizga bizning portal orqali yetkazib boriladi. Bugun siz Daler haqida qisqacha ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

1997 yil 19 may kuni Toshkent shahrida, ziyolilar oilasida dunyoga kelgan Daler, asli millati tojik bo’lib, tojik, o’zbek, rus tillarini yaxshi biladi. Uning otasi Ismatullo Fayzullaevich o’ziga havas qilib, yaqindan hurmat qilgan san’atkori Daler Nazarovga o’xshashini niyat qilib, o’g'liga Daler ismini qo’ygan. Daler hozirda Glier nomidagi musiqa bilim yurtida tahsil olmoqda. 2001 yil 4 yoshida Anvar Sanaevning «Yor-yor» klipida ishtirok etgan. 2005 yilda Turkiston saroyida, 2006 hamda 2008 yil «Istiqlol» saroyida va 2008 yil avgust oyida Turkiston saroyining yozgi binosida o’z qo’shiqlari bilan chiqish qilgan. Shu kunga qadar ko’plab qo’shiqlar ijro etgan va ularga kliplar suratga oldirgan.
Bulardan tashqari qator filmlarda ham ishtirok etgan. Jumladan, Zebo Navro’zovaning »Bo’rilar», «Aprel-may», «Bo’rilar-2. Quvg’in», «Hayr bolaligim», «Yigitlar», Jahongir Poziljonovning «Boyvachcha» hamda «Boyvahcha-2″ filmlarida suratga tushgan.
Yuqoridagi ijodlari va qo’shiqlari  orqali elga va muxlislarga tanilib, hozirgi kunda o’zini ijobiy tomondan namoyon etib o’z ustidan ishlab yangi ijod va namoyishlarga tayyorgarlik ko’rmoqda.
Vatanimizning ravnaqi uchun san’atga ozining salmoqli hissasini qo’shib kelmoqda.

Daler


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 165 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *