Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Okt, 2010

Tanishing yangi nom: Shavkat Safar!

Shavkat SafarEstrada olamida yana bir yangi nom porlash arafasida. Uning ismi Shavkat Safar. Aslida Shavkat Safar ijodni boshlaganiga 4 yildan oshgan bo'lsada, ba'zi sabablarga ko'ra ijodga asosiy urg'u ana endi berilmoqda.

Shavkat Safar Mannon Uyg'ur nomidagi San'at oliygohini a'lo baholar bilan tamomlagan. Ushbu oliygohda Yodgor Mirzajonov bilan birgalikda tahsil olganligini ham alohida e'tirof etish lozim. O'qishni tamomlagach «Janjal qilaman», «Bora-bora» kabi qo'shiqlar kuylab, ularga klip ham suratga tushirgan. O'sha paytlar Shavkatning kliplari 30-kanal orqali namoyish etilgan edi. Ba'zi sabablarga ko'ra yosh ijodkor Hindistonga yo'l oladi va bir qancha vaqt u yerda faoliyat yuritadi. Bugungi kunga kelib Shavkat Safar Ibrohim Jiyanov, Sunnatilla Alimovlar bilan hamkorlikda o'z ijodini davom ettirmoqda. Uning yangi nafas ila boshlagan ushbu ijodi onlarida ilk qo'shig'i «Bahorim» deb nomlandi. Qo'shiqqa Nozim Tolipov tomonidan klip ham suratga tushirildi. «Bahorim» qo'shig'iga ishlangan klipni tez orada bizning portalimiz orqali siz azizlarga taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

Shavkat Safar

Shavkat Safar

Shavkat Safar


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *