Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Avg, 2011

Tanishing yangi nom: Qayumjon Ergashev!

Qayumjon ErgashevYana bir xonanda estrada ostonasidan kiraymi, kirmaymi deb, katta hayajon bilan shou-biznes olamiga qadam bosmoqda. Albatta har bir ishni avvalida bo'lgani kabi, bu yerda ham hayajon hisi katta bo'ladi. Yosh xonanda Qayumjon Ergashev ham hozir ana shunday kuchli hayajon og'ushida o'z ijodining ilk namunalarini muxlislar hukmiga havola etishga shay turibdi.

Qayumjon Ergashev 1992 yil 19 dekabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Fattoh Nazarov nomidagi maktabning fortopiano bo'limida 7 yil tahsil olgan. Undan so'ng Hamza nomli musiqiy kollejning ovoz operatorligi kursini bitirgan. Hozirda esa Toshkent Davlat Konservatoriyasi talabasi hisoblanadi. Demak, bundan kelib chiqadiki, Qayumjon ijoga shunchaki oddiy qiziqish yoki bekorchilikdan kirib kelmayapti. Uning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari bor. Uning ilk qo'shig'i «So'zimga ishon» deb nomlanib, qo'shiq matnini Ibrohim Jiyanov yozgan, musiqasi esa Elmurod Mirdadaev ijodidan. Bugun siz azizlarga aynan mana shu qo'shiqni taqdim etamiz.

 

Qayumjon Ergashev — «So'zimga ishon» qo'shig'ini ko'chirib olish

Qayumjon Ergashev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *