Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Yan, 2010

Tanishing yangi nom: Muhammad Ahmad!

Muhammad AhmadEstrada olami bag'ri keng olam. Har kuni ushbu olamga yangidan yangi nomlar kirib kelaveradi. Ularning qay birlari o'z o'rinlarini topib olsalar, yana qay birlaridir topa olmaydilar. Bugun sizga tanishtirmoqchi bo'lgan yosh xonandamiz nasib qilsa bu olamda o'z o'rniga ega bo'ladi!

1993 yil 25 may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan Muhammad Ahmad ijodiyot olamiga yaqindagina kirib keldi. Hozirda Yunus Rajabiy nomidagi musiqa kolleji o'quvchisi hisoblanadi. Shu kunga qadar Muhammadning 4ta qo'shig'i tayyor bo'lib, ularda faqatgina bittasi tinglovchilar hukmiga havola etilgan. «Xey qizcha» deb nomlangan ushbu qo'shiqdan so'ng xonanda ikkinchi taronasini duet tarzida kuylashga qaror qildi. Hisob bo'yicha ikkinchi sanaladigan «Ikkilanasan» taronasi Shahlo Rajabova bilan duet tarzida kuylandi. Mazkur qo'shiqqa klipmeyker Behzod Tojiev tomonidan klip ham suratga olindi. Tez kunda mazkur klipni TVM kanali orqali tomosha qilishingiz va bizning portaldan ko'chirib olishingiz mumkin.

Muhammad Ahmadning barcha fotosuratlarini tomosha qilish

Muhammad Ahmad


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *