Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Iyun, 2006

Tanishing yangi nom: Leyla!

LeylaO’zbek estradasida kun sayin yangi nomlar paydo bo’lmoqda. Ularning qay biridir o’z yo’nalishiga ega bo’lsa, yana qay biridir san’atni erta tark etmoqda. Mana yaqin kunlardan e’tiboran estrada olamida yana bir xonanda o’z faoliyatini boshladi. Leyla ismi bilan Shou-biznes olamiga qadam bosgan xonandaning kelajakda o’z mavqeiga ega bo’lishiga ishonsa bo’ladi. Zero, u o’z ustida jiddiy ishlab, a’lo darajadagi ijod mahsullarini tinglovchilar hukmiga havola etishga harakat qilmoqda. Tez kunlarda TV orqali siz Leylaning ilk qo’shig’i «Baxt yo armon»ga ishlangan klipni tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi. Hozircha esa siz saytimiz orqali ushbu klipdan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin. Darvoqe, suratlarga yaxshilab ahamiyat beradigan bo’lsangiz klipda MC Shodni ham ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Ma’lumot o’rnida shuni aytishimiz mumkin, qo’shiq naqoratida MC Shodning ham so’zlari bor. Yana bir ma’lumot klipda shuningdek Leylaning prodyuseri Oybek Abdushukurov hamda Davron Kabulovlar ham suratga tushgan. Tez kunlarda saytimiz orqali mazkur qo’shiq va klipni ko’chirib olishingiz mumkin bo’ladi. Leyla

MC Shod

Oybek Abdushukurov

Davron Kabulov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *