Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tanishing yangi nom: Jahongir!!!
12 Apr, 2014

Tanishing yangi nom: Jahongir!!!

JahongirBugun biz sizlarni o’zbek estradasida ijod qilib kelayotgan xonandalardan biri bilan yaqindan tanishtirib o’tamiz. O’z ijodini davom ettirib kelayotgan yosh xonanda Jahongir haqida balki siz bir qator ma’lumotlarga egadirsiz. Biz portalimiz orqali Jahongir haqida ilk bor ma’lumot berayotganligimiz bois, xonanda bilan sizlarni yaqinroq tanishtirishga qaror qildik.

Jahongir 1997-yil 21-may sanasida tavallud topgan. Yoshligidan san’atga qiziqishi baland bo’lganligi sababli, 2011-yildan boshlab o’z ijodiy faoliyatini boshlashga qaror qilgan. Aynan shu yili Jahongir o’zining ilk klipini keng ommaga taqdim etadi. «Uradi yuragim» deb nomlangan qo’shiqqa suratga olingan klip Jahongirning ijodiy tarixida ilk klip bo’lib o’rin oladi. Hozirgi kunga kelib, yosh xonandaning 5ta klipi TV orqali namoyish etib ulgurilgan. Hozirgi kunda 6-klip ustida ham ish olib borilmoqda. Jahongir o’z qo’shiqlarini bastakorlar Doniyor Agzamov, Jahongir.uz, Bobur Umarov, Jasur Badalboevlar bilan hamkorlikda tayyorlab kelmoqda. Yosh ijodkorning ijodiy faoliyatiga qisqacha nazar solgan holda sizlarga uning bir qator fotosuratlarini ham havola qilamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 306 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *