Tanishing yangi nom: Azizbek G’iyosov!
Milliy estrada yo’nalishida ijod qilib kelayotgan yosh xonanda Azizbek G’iyosov endilikda o’z ijod namunalarini internet tarmog’i orqali ham namoyish etish niyatida. Uning ijodiy izlanishlari va yangiliklari bilan sizni tanishtirishni boshlaymiz.
Azizbekning «Kuydirding», «Bor-boraver», «Nilufar», «Sog’inch» kabi taronalari ko’plab muxlislar e’tiboriga tushgan. Ayniqsa, «Kuydirding» taronasiga ishlangan noan’anaviy klip ko’pchilik diqqatini tortgan. Tez kunda ushbu klipni sizni e’tiboringizga havola etamiz. So’nggi 1,5-2 yil mobaynida Azizbek G’iyosov ijodga jiddiyroq yondashmoqda. Aslida u bundan chamasi 10 yil avval ijodga ihlos qo’ygan. Agarda ushbu xonandaga sizning taklif va mulohazalaringiz bo’lsa (+99897) 1112950 raqamiga qo’ng’iroq qilib bildirishingiz va aloqaga chiqishingiz mumkin.