Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Fev, 2010

Tanishing yangi guruh: «Magnit»!

MagnitEstrada guruhlariga ham kun sayin talab oshib bormoqda. Bunga misol qilib, «Bojalar», «Fayoz», «Afruz» kabi guruhlarning muvaffaqiyatli odimlarini ko'rsatish mumkin. Mana shu guruhlar safida endilik «Magnit» ham mavjud.

«Magnit» guruhi a'zolari ikki kishidan iborat bo'lib, ular Ilhom hamda Ahror ismli yigitlardir. Aslida 2 yil avval san'at eshigini taqillatgan bu yigitlar endigina jiddiy ravishda ijodni boshlashdi. Hozirgi kunga kelib ularning 10ta qo'shig'i mavjud, ulardan «Janobi oliy» qo'shig'iga klip ham suratg olingan. Guruhning asosiy yo'nalishi raqsbop yo'nalishdagi qo'shiqlardan iborat.  Hozirda esa «Ota» nomli qo'sig'iga ham klip suratga olishni rejalashtirmoqdalar. Guruh bastakori Rustam To'lashev hisoblanadi. Yigitlarga taniqli shoir Ibrohim Jiyanov yo'l-yo'riq ko'rsatib kelmoqda. Umid qilamizki, «Magnit» o'z muxlislarini e'tiboriniz o'ziga torta oladi!

Magnit

Magnit


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *