Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Avg, 2011

Tanishing yangi guruh: «Fayzboja» guruhi!

FayzbojaPortalimiz orqali ko'plab insonlar shou-biznes olamiga qadam bosdi, desak xato qilmagan bo'lamiz. Ha, bu ayni haqiqat! Ko'plab yangi saytlar tashkilotchilari, bir qator estrada yulduzlarining prodyuser va administratorlari, jurnalist va raqs ustalari, xullas bu ro'yhatni juda uzoq davom ettirishimiz mumkin. Ularning safiga endi yangi guruh ijrochilari ham qo'shildi.

«Fayzboja» deb nom olgan yosh guruh xonandalaridan birining ismi Fazliddin, aynan mana shu yigit bizning portalimizni eng ashaddiy muxlislaridan bo'lganligini hattoki saytimizning bir qator boshqa foydalanuvchilari ham juda yaxshi bilishadi. Zero, aynan mana shu «Fayzboja» tahallusi bilan portalimiz foydalanuvchisi sifatida saytimizga har kuni tashrif buyurib turar edi. Mana endi esa u shou-biznesning haqiqiy olamiga kirib kelmoqda. «Fayzboja» guruhi «Bojalar» guruhi ijodiga befarq emasligini, o'z vaqtida ularning eng ashaddiy muxlislaridan bo'lganligini ham aytib o'tdilar. Kelajakda aynan «Bojalar» guruhi singari taniqli estrada guruhi bo'lish niyatida. Umid qilamizki, ular o'z niyatlariga yetadilar…

 

Fayzboja


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *