Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Mart, 2009

Tanishing: Yangi guruh «DILSHOX»!

DILSHOX guruhiO’zbek estrada olami kun sayin rivojlanib bormoqda. Estradamizga yosh va iste’dodlilar kirib kelmoqda. Bugun ularning safi yana bittaga ko’paydi. Tanishing yangi guruh «DILSHOX»! Ushbu guruh ikki go’zal va lobar qizlardan tashkil topgan. Hozirda guruh qizlari tinmay ijodlarini boyitib kelishmoqda. Nima sababdan aynan «DILSHOX»? Siz azizlarda ham shunday savol tug’ilishi tabiiy…

Hozirda «DILSHOX» guruhi qizlari ijrosidagi sokin ohangdagi «Sog’indim» taronasi FM to’lqinlari orqali jarang sochmoqda. Ushbu tarona hayotiy hisoblanadi. «Sog’indim» taronasi Layli tomonidan vafot etgan Majnun uchun kuylanadi. Qisqa muddat ichida o’z muxlislarini ham topishga ulgurdi. Ushbu qo’shiq uchun musiqiy sayqal Avaz Isamuhamedov amalga oshirgan. Qo’shiq so’zlarini esa guruh qizlari hamda Avaz Isamuhamedov o’zlari yozishgan. Hozirda klip ustida ish olib borilmoqda. Klipni esa Bekzod Tojiev suratga tushirmoqda. Guruh nomi nima sababdan «DILSHOX» deb nomlangan?,-deb murojaat qilganimizda, hozircha sir ekanligini ta’kidlab o’tishdi. Yaqin kunlarda guruh haqida barcha ma’lumotlarni birinchilar qatorida SB.uz portali orqali bilib olishingiz mumkin.

DILSHOX guruhi

DILSHOX guruhi

DILSHOX guruhi

DILSHOX guruhi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *