Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tanishing: umidli xonanda Yoqubbek Qudratov!
9 Apr, 2013

Tanishing: umidli xonanda Yoqubbek Qudratov!

Yoqubbek QudratovO’zbek estradasi olamida yana bir xonanda o’z ijodini boshladi. Yosh umidli, kelajakka intiluvchan xonanda Yoqubbek Qudratov bilan bugun sizlarni tanishtiramiz. Xo’sh, Yoqubbek Qudratov yana bir navbatdagi qisqa muddatli xonandami yoki bo’lmasa asta-sekin san’at olamida o’z o’rnini topishga intiluvchi ijodkormi? Bu savolga hozir javob olasiz.

Yoqubbek Qudratov 1990 yil 18 sentyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Yoshligidan ijodga qiziqqan Yoqubbek 2010 yilda san’at ostonasiga ilk qadamlarini qo’ygan. Biroq, umidli xonanda ijodni tezkorlik bilan ko’rsatishga emas, balki o’z ustida ishlab asta-sekinlik bilan pog’onama-pog’ona chiqib borishga qaror qildi. Bu to’g'ri qaror edi. Mana endilikda u o’zining 2ta yangi taronalarini yozib tugatgan bo’lib, ulardan biriga klip ham suratga tushirishga ulgurdi. «Dil zori» nomli qo’shiqqa so’nggi paytlarda ajoyib kliplar suratga tushirayotgan aktyor va klipmeyker Muhammad Ali Iskandarov videoketma-ketlik suratga oldi. Klip voqeaviy va trek asosida suratga olingan bo’lib, unda Muhammad Alining o’zi ham suratga tushgan. Tez kunlarda mazkur klip tayyor bo’ladi va TVM kanali orqali namoyish etiladi. Endi ikkinchi qo’shiq  haqida so’z yuritsak. Yoqubbekning yana bir qo’shig’i «Bilmading» deb nomlanadi va bu taronani siz 11 aprel, ya’ni payshanba kuni tinglash imkoniyatiga ega bo’lasiz. Qo’shiq prem’erasi ajoyib radioto’lqin hisoblanmish «O’zbegim taronasi»da soat 17:20da bo’lib o’tadi. Prem’erani o’tkazib yubormang. Yuqorida aytib o’tilgan har ikki qo’shiqning mualliflari haqida ham so’zlab o’tsak. Ikkila taronaning matni Bobur Bobomurod qalamiga mansub. Musiqasi esa taniqli bastakor, so’nggi paytlarda juda ko’plab hit-taronalar muallifiga aylanayotgan Ahmad Xojimatov hisoblanadi. Ana endi so’z boshidagi fikrimizga o’zingiz ham bemalol javob olishingiz mumkin. O’z ishining ustalari bilan ish olib borayotgan Yoqubbek Qudratov qisqa muddatli xonandalar safiga kirib qolmasa kerak. U o’z ijodini chiroyli namoyish etishiga umid qilamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 345 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *