Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Iyun, 2012

Tanishing: «Izhor» guruhi!!!

IzhorTaniqli model'er dizayner Farhod Bahriddinov shou-biznes olamida model'erlik borasida o'z nomiga ega shaxslardan hisoblanadi. Estradamizning eng yorqin yulduzlari aynan Farhod Bahriddinovga o'zlarining chiroyli liboslarini tiktirishlari hech kimga sir emas. Mana bugun bu inson model'erlikdan tashqari prodyuserlik bilan ham shug'ullanmoqda. Uning ilk prodyuserlik ishi «Izhor» guruhi bilan boshlandi.

Jasur Qurbonov va Lobar Jumadilovalardan tashkil topgan «Izhor» guruhi tunu-kun o'z ustida ish olib borib, o'zlarini shou-biznes olamida nimalarga qodir ekanliklarini namoyish etishga harakat qilmoqdalar. Hozirda yosh guruh o'z ustida ish olib borish bilan bir qatorda yangi qo'shiqlar ustida ham ish olib borayapti. Guruh a'zolari Jasur Mavlonov so'zi, Baxtiyor Sobirov aranjirovkasi bilan «Unut meni» nomli yangi qo'shiq yozishdi. Ushbu qo'shiq «Konservatoriya Records» ovoz yozish studiyasida yozildi. Hozirda mazkur taronani «Zamin FM» «A'lo FM» va «Oriat Dono» radiolarida tinglab, unga baho berishingiz mumkin.
Biz yosh guruhga ijodiy muvaffaqiyatlar tilab, kelajakda o'z ishlarining ustasiga aylanishlariga tilakdosh bo'lib qolamiz.

Izhor

Izhor


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *