Tanishing: Aziz Abdullaev!
Bundan bir necha yillar ilgari shou-biznes olamiga qadam bosib kirib kelgan ijodkor Aziz Abdullaev yaqin-yaqindan boshlab o'z ijod namunalarini keng ommaga taqdim etishni boshladi. Doniyor Agzamov bilan hamkorlikda ish boshlagan Azizning «Poyqadam» filmi uchun ijro etgan saundtrek taronasi hozirda TV kanallari orqali namoyish etilmoqda.
Aziz Abdullaev aslida professional sozanda, «Maxi» studiyasi bilan anchadan buyon hamkorlikda ishlab kelmoqda. Hozirda xonandalik borasida ham o'zini sinab ko'rmoqda. Azizning «Poyqadam» filmi uchun ijro etgan saundtrekka ishlangan klipni, xonandaning prodyuseri Doniyor Agzamovning ukasi Dilmurod Agzamov suratga olgan. Hozirda Aziz Abdullaevning yana bir yangi qo'shig'i uchun klip suratga olindi. Tez kunda ushbu klipni ham qarshi olishingiz mumkin bo'ladi. Kelajakda xonandalik borasida o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan. Prodyuseri bilan birgalikda bir-birlarini tushunib ko'p yillar ijod qilishadi, degan umiddamiz.