Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Sen, 2012

Tanishing: Anvarbek Sharipov!!!

Anvarbek SharipovAnvarbek Sharipov Toshkent shahrida san'atkorlar oilasida tavallud topgan. 6 yoshidan buyon qo'shiq kuylashni boshlagan. Anvarbekni san'atga kirib kelishiga uning dodasi ustoz san'atkor, O'zbekiston Republikasida xizmat ko'rsatgan artist Sharif Qurbonov sababchi bo'lgan. U 9 yil mobaynida dodasidan maqom, lirika kabi milliy yo'nalishlarda qo'shiq ijro etish borasida tahsil olgan.

Anvarbek yoshligidan san'atga qiziqib, bir qator qo'shiqlar kuylagan bo'lsada, asosiy ijodini 2011 yil may oyida boshlaydi. Va ketma-ket «Armon», «Xato», «Xiyonat» kabi qo'shiqlarini yozib radio to'lqinlari orqali keng ommaga taqdim etadi. Dekabr oyida esa Turkiyaning Izmir shahriga uchib ketadi. U yerda turk yulduzi mashhur xonanda va prodyuser Bercan Selchuk bilan hamkorlikda ish olib boradi. 6 oy davomida vokal san'atini chuqur o'rganib, cholg'u asboblaridan foydalanish usullari, aktyorlik mahorati, nutq san'atidan tahsil olib qaytadi.
Hozirda Anvarbek Sharipovga taniqli rejissor Xasan G'ofurov va o'z onasi Nazira Sharipovna prodyuserlik qilmoqda. Tez kunda Anvarbek turk yulduzlaridan biri bilan duet kuylash arafasida ekan. Biroq, aynan kim bilan duet kuylashini hozircha sir saqlamoqda!

Anvarbek Sharipov

Anvarbek Sharipov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *