Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Iyun, 2012

Tanishamiz yangi nom: Umidshoh!!!

UmidShohO'zbek estradasida yana bir yangi nom o'z ijodini boshladi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, ijodga jiddiy kirishishni boshladi. Yosh xonanda Umidshoh bir necha yildan buyon ijodiy izlanishlar bilan yurgan bo'lsada, bir qator qo'shiqlar yozishga ulgurgan bo'lsa ham, mana endi ijodini keng ommaga havola qilishga vaqt yetdi, deb hisoblamoqda.

1989 yil 14 iyunda tavallud topgan Umidshoh 2007 yilda «Radius 21″ yakkaxoni rahmatli Shahzod G'ulomovga shogird tushadi va «Radius 21″ bilan «Erkakcha gap» nomli duet tarona ijro etadi. 2009 yilda esa o'zining ilk qo'shiqlar to'plamini ham chiqargan bo'lib, mazkur albom «Yoqotdim uni» deb nomlanadi. Umidshoh nafaqat qo'shiqchilikda, balki aktyorlikda ham o'zini sinab ko'rgan bo'lib, siz uni «Andijonli mehmon», «Oq farishtalar», «Serjantlar 2″, «Diqqat shaharda sevishganlar», «Chayon» kabi filmlarda ko'rishingiz mumkin. Hozirgi kunga kelib, Umidshoh yangidan yangi qo'shiqlar ustida ish olib bormoqda. Yaqin orada yosh ijodkordan yangi klipni ham e'tiboringizga tortiq etamiz.

UmidShoh


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *