Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Iyun, 2011

Tanishamiz: «Mango» guruhi!

MangoNoan'anaviy nomga ega bu guruh tashkil etilganiga ko'p bo'lmadi. Ammo, uni tashkil etilishiga qadar bosib o'tilgan yo'l 4 yildan oshadi. 3 yigitdan iborat mazkur guruh nega «Mango» deb nomlandi? Ular aslida kim? Savollarga javob topamiz.

Saidumarov Azizxon 1989 yil 31 avgustda tavallud topgan, Sobirov Hamdam 1989 yil 6 yanvarda tavallud topgan, Raimov Farruh 1989 yil 18 mayda tavallud topgan. Bu «Mango» guruhi xonandalari edi. 4 yildan buyon ijod qilib keladigan bu yigitlar hozirgi kunda San'at oliygohining Estrada aktyorligi faultetining 4 bosqichida tahsil oladilar.

Guruhning «Mango» deb nomlanishiga sabab, mango shirin meva, xuddi shu meva kabi ijodimiz ham shirin bo'lishini istadik, deydi guruh a'zolari. «Mango» guruhining ilk taronasi ustida Bobur Umarov ishlayotganligining o'zi ularning ijodga jiddiy yondashayotganliklaridan darak beradi. Yaqin kunlarda ushbu guruhning bir qator fotosuratlarini sizning hukmingizga havola qilamiz.

 

Mango


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 303 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *