Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Tanhoginam» konsert dasturi endi CD-DVD disklarda!!!
3 Mart, 2014

«Tanhoginam» konsert dasturi endi CD-DVD disklarda!!!

Sardor Rahimxon 2014 konsertYilning eng yaxshi konsert dasturi deya e’tirof etilayotgan Sardor Rahimxonning «Tanhoginam» konsert dasturining CD va DVD disklari sotuvga chiqarilmoqda. Ushbu disklar «Cinema Market» studiyasi tomonidan keng ommaga taqdim etiladi. Xabaringiz bor mazkur konsert dasturidan o’rin olgan «Do’st», «Chaqachum» hamda Halima bilan ijro etilgan duet katta olqishlarga sabab bo’ldi. Ushbu taronalarni ham mazkur disklardan topishingiz mumkin.

Aprel oyidan boshlab Sardor Rahimxon ijodidagi eng katta, keng qamrovli gastrol konsertlar turnesi boshlanadi. O’zbekiston Respublikasining barcha hududlari bo’ylab bo’lib o’tadigan mazkur konsertga Rahimxon katta tayyorgarlik ko’rmoqda. Viloyatlarda istiqomat qiluvchi Sardor Rahimxonning muxlislari uchun bu katta sovg’a bo’lishi shubhasiz!!!
Shuningdek, endilikda Sardor Rahimxonning YouTubeda o’z rasmiy kanali ochildi. Barcha kliplarni endilikda eng birinchi bo’lib ushbu kanal orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 579 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *