Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Dek, 2009

«TAMO» go'zallik saloni faoliyatidan…

Akmal AkbarovSB.uz portalining hamkori «TAMO» go'zallik saloni shu kunlarda o'z mijozlariga yangi yil chegirmalari asosida ish olib bormoqda. Salon xizmatlaridan nafaqat xalqimiz, balki yetuk-yetuk san'atkorlar foydalanishadi. Ushbu salonning bosh stilist-imijmeykeri Akmal Akbarov haqida bir nechta san'atkorlarimiz o'z fikrlarini bayon qilishdi. Hozir shularning bir nechtasi bilan tanishishingiz mumkin…

Sardor RahimxonSardor Rahimxon: Akmal aka Akbarov bilan mana 4 yildan buyon hamkorlikda ishlab kelmoqdamiz. Ular shu o'tgan vaqt mobaynida menga o'ziga xos imij yarata oldilar. Aslida san'atkor tashqi ko'rinishi va hatto soch turmagi bilan odamlarga o'rnak bo'la olishi kerak deb o'ylayman. «TAMO» go'zallik saloniga kirib kelishim bilan salon xodimlari iliqlik bilan kutib olib, o'z xizmatlarini ko'rsatadilar.

Ulugbek RahmatullaevUlug'bek Rahmatullaev: Men har doim bir narsani aytaman. Salonga tashrif buyurgan mijozning agarda kayfiyati yo'q bo'lsa, sochini turmaklatib chiqib ketguniga qadar kayfiyati a'lo darajaga ko'tarilishi kerak. Bilasizmi, agar stilistlar va sartaroshlar band bo'lib qolishsa, salonga tashrif buyurgan boshqa mijozlar yumshoq o'rindiqlarda o'tirib televizor tomosha qilish imkoniyatiga ham egalar. Har xolda ular oz bo'lsada bekor o'tirgandan ko'ra, oz bo'lsada ma'naviy ozuqa olishadi.

MirjamolMirjamol: Akmal aka Akbarov shunday bir insonki, bu taniqli, bu yosh san'atkor yoki bo'lmasa bu oddiy inson deb hech qachon ajratmaydilar. Har bir mijozga individual xizmatlarini ayamaydilar. Shuningdek, ularning yaratgan imijlari e'tibor bersangiz, umuman bir-birini takrorlamaydi.

Umar ShamsievUmar Shamsiev: «TAMO» go'zallik saloni yana bir jihati bilan ajralib turadiki, ushbu salon shahar markazida joylashgan. Bu ijodkor uchun juda qulay. Yo'l-yo'lakay san'atkor sochini turmaklatib, xalq xizmatiga borishi mumkin. Shuningdek, «TAMO» go'zallik saloni o'zining ozodaligi bilan ajralib turadi. Albatta tozalik bo'lgan yerda har doim baraka bo'ladi. Shu fursatdan foydalanib, Akmal akaga o'zimning minnatdorchiligimni bildiraman.

P.S.: «TAMO» go'zallik saloni metroning «Milliy bog'» bekatidan chiqaverishda joylashgan.
Mo'ljal: «Oliy Majlis» binosi ro'parasida.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 96 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *