Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Dek, 2012

Tabrik navbati Ulug’bek Rahmatullaevga!

Ulug'bek Rahmatullaevning yangi yil tabrigiHa bugun mana shunday ajoyib kun. Barcha yulduzlar SB.uz portalida. Hammalarida bir maqsad. Ularni Yangi yil birlashtirmoqda. Yangi tabrigini aynan SB.uz portali muxlislariga taqdim etish uchun barchalari shay turibdilar. Bizning navbatdagi yulduzimiz Ulug’bek Rahmatullaev. Ha o’sha o’tgan yili «Bemor» bo’lib, bu yil «Omadim kelmadi» deb jar solayotgan, yoshlarning sevimli yulduzi Ulug’bek!

Bu xonanda portalimizning eng yaqin do’stlaridan biri hisoblanadi. Uning har bir ijodiy yangiligi albatta portalimiz orqali yoritib boriladi. 2012 yil davomida Ulug’bek Rahmatullaev haqida juda ham ko’p ma’lumotlar chop etganmiz. Chunki, u shunga loyiq darajada ijod qildi. Qo’shiqlar kuyladi. U haqiqiy yolg’onchi!!! Chunki, hammani «Omadim kelmadi» deb aldadi. Aslida esa aksincha. Aynan Ulug’bek Rahmatullaevning bu yil haqiqiy omadi keldi. Xo’sh, bugun Ulug’bekdan qanday tabrik so’zlarini eshitamiz? «The Best Studio» studiyasida tushirilgan video tabrikda Ulug’bek qanday tilaklar bildirganini hoziroq ko’rib tinglash imkoniyatiga egamiz.

Ulug'bek Rahmatullaevning yangi yil tabrigi (102)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 423 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *