Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Apr, 2012

Super Prem'era: Ulug'bek Rahmatullaev «Layloyimsan»

Ulug'bek Rahmatullaev - LayloyimsanKuni kecha Ulug'bek Rahmatullaev «Layloyimsan» nomli qo'shig'iga klip suratga tushirganligi haqida ma'lumot bergan edik. Buni qarangki, tezkor ijodiy guruh xash-pash deguncha klipni ham bitirib ulgurishibdi. Dardli kuy-qo'shiq va shunga monand klip! «Layloyimsan» nomli ma'yus taronada mujassam bo'lgan…

Ulug'bek Rahmatullaevning so'nggi kliplarining barchasi muxlislar va hattoki Rahmatullaev ijodiga befarq bo'lgan tomoshabinlarni ham e'tiboridan chetda qolmayapti. Bu albatta Ulug'bekning yutug'i. Mazkur klip ham qisqa fursat ichida el og'ziga tushsa ajab emas. Klipda bir jihat meni e'tiborimni tortdi. Malayziyada klip tasvirga tushirilganligini menimcha tomoshabin mutlaqo sezmasa ham kerak. Zero, Ulug'bek Rahmatullaev klipda Malayziyani va u yerdagi o'zini dam olish safarini boshqa xonandalar kabi ko'z-ko'z qilmagan! Bu tahsinga loyiq jihat! Qoyil qolmasdan iloj yo'q. Biroq, uning o'rnida hozirgi yosh xonandachalarimiz mana shu safarda bo'lganlarida u yerni baland binolaridan tortib, tunellarini tagigacha reklama qilishlari shubhasiz edi. Klipda asos voqeaga qaratilgan, qandaydir o'zga yurtlarning reklamasiga emas! O'zimizning yurtda ham go'zal joylar bisyor. Yana bir bor Ulug'bekka tasanno, deb ijodiga zafarlar tilab qolamiz. Hozircha esa bizda prem'era!!! Yaqin soatlarda Ulug'bekdan yana bir klip prem'erasini kutib olamiz.

Ulug'bek Rahmatullaev «Layloyimsan» klipini ko'chirib olish

Ulug'bek Rahmatullaev - Layloyimsan

Ulug'bek Rahmatullaev - Layloyimsan

Ulug'bek Rahmatullaev - Layloyimsan

Ulug'bek Rahmatullaev - Layloyimsan

Ulug'bek Rahmatullaev - Layloyimsan

Ulug'bek Rahmatullaev - Layloyimsan

Ulug'bek Rahmatullaev - Layloyimsan


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 147 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *