Super prem’era: Aziz Rametov — «Bora-boraman»!!!
Aziz Rametov ijodini kuzatuvchilar boshqalarnikidan farqli ravishda ijod qilishini yaxshi biladilar. Uning yangi taronasi «Bora-boraman» ham o’ziga hos uslubda yaratilgan. Bevosita tarona ijodkorlariga to’xtaladigan bo’lsak, qo’shiq matni maftunkor ijodkor Nigina Nabieva, musiqasi esa Temur (Konservatoriya) ijodiga mansub. Unga ishlangan klip rejissori Botir Egamberdiev klipni ham antiqa uslubda suratga tushirganini alohida ta’kidlash o’rinli.
Klip odatga ko’ra internet tarmog’ida O’zbekiston shou-biznesini yorituvchi www.shoubiznes.uz portali orqali eksklyuziv tarzda super prem’era sifatida siz azizlarga taqim etilmoqda. Eslatib o’tamiz, mazkur klip hali birorta TV kanali orqali namoyish etilmagan. Bu siz uchun kichik bir sovg’a!!! Quyida klipni ko’chirib olish uchun yo’llanma va klipdan fotolavhalar keltirilgan.