Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Okt, 2012

«Sumalak bazmi 2012»: Va nihoyat video tayyor!!!

SB.uz Sumalak bazmi 2012Hechdan ko'ra kech… Ha bu gapda jon bor. Bir necha muddat orziqib kutilgan «Sumalak bazmi 2012″ video dasturi tayyor bo'ldi. Ajoyib video dasturni endilikda ko'rish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Biroz kechroq bo'lsada, ushbu video dasturni tayyorlab bizga taqdim etgan «MMM» video studiyasiga minnatdorchilik bildiramiz.

Juda ham ko'p muxlislar, hattoki xonandalarning o'zlari ham mazkur video dasturni tayyor bo'lishini ancha vaqt kutishgani rost. Bizga bo'lgan yuzlab murojaatlarga tez orada video dastur tayyor bo'lishini juda ham ko'p ta'kidlagan edik. Bugun esa mazkur dastur tayyor bo'lganligi haqida jar solishimiz mumkin. Bizga bog'liq bo'lmagan ba'zi sabablarga ko'ra ushbu shou-dasturning video mahsuloti montaj jarayoni juda ham cho'zilib ketdi. Biz o'z o'rnida barcha muxlislarimiz hamda ishtirok etgan xonandalardan uzr so'rab qolamiz. Tez orada mazkur video dastur maxsus disklarda sotuvga chiqarilishi ko'zda tutilgan. Ammo, birinchilardan bo'lib mazkur diskka egalik qilish istagida bo'lsangiz, marhamat bizning elektron manzilga maktub yozishingiz mumkin. Biz bilan bog'lanish uchun info@sb.uz manziliga yozishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 207 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *